Andijonning ikki tumanida “valyutchik”lar ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat va Buloqboshi tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.K. Buloqboshi tumani Guliston MFY hududida fuqaro Sh.E.ga 3 100 dollarni 39,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 5 250 dollar, 94 850 Rossiya rubli, 1 000 Qirgʻiz somi va 50 Yevro ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Andijon hududida yer silkinishi qayd etildi Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Andijonda terrorchi guruhlarga pul yuborgan shaxs 10 yildan koʻproqqa qamaldi Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi