Toshkent viloyatida kelin-kuyov nomaʼlum moddadan zaharlanib, vafot etdi
Piskent tumanida 14-dekabr kuni toʻyi boʻlgan er-xotin zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Toshkent viloyatida er-xotin zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Uning maʼlum qilishicha, joriy yilning 15-dekabr kuni Piskent tumani, “Birlik” MFYda 29 yoshli R.D. va uning qonuniy nikohdan utmasdan yashab kelgan 27 yoshli ayoli A.S. vafot etgan.
Aniqlik kiritilishicha, voqea boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, shaxslarning vafoti nomaʼlum modda bilan zaharlanish, ichki aʼzolarning venoz (toʻlaqonli), miya va oʻpka shishishi aniqlangan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Qashqadaryoda ota uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi Asakada er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi Hayvonot bogʻi qorovuli sherlar hujumida halok boʻlgani yuzasidan jinoiy ish ochildi