Surxondaryodagi ko‘p qavatli binoning suvog‘i ko‘chib tushdi
Termiz shahridagi koʻp qavatli turar joy binosining tashqi konstruksiyasi shamol tufayli koʻchib ketdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Termiz shahridagi koʻp qavatli turar joy binosining tashqi konstruksiyasi shamol tufayli koʻchib ketgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Termizdagi “yangi qurilgan dom” devorining tashqi konstruksiyasi shamol tufayli koʻchib tushgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan.
Maʼlumotlarga koʻra, Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi besh qavatli 20 xonadonga moʻljallangan turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 kvadrat metr qismi kuchli shamol taʼsirida koʻchib tushgan.
“Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qalin tuman tufayli ayrim reyslar bekor qilinmoqda Termiz shahrida maʼlum vaqt gaz taʼminoti butunlay oʻchiriladi Termizdagi “zapravka”larga vaqtincha gaz yetkazib berilmaydi Saudiya Arabistoniga bormoqchi bo‘lganlar ogohlikka chaqirildi Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi