16 Dekabr 2024, 15:30 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Misr O‘zbekistonga gepatit C’ga qarshi dorilar yetkazib berishni tikladi

Hozirgacha mamlakatga umumiy qiymati 1461 ming dollarlik dori vositalari yuborilgan.

Misr O‘zbekistonga gepatit C’ga qarshi dorilar yetkazib berishni tikladi

Misr O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dorilar yetkazib berishni tikladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14-dekabr kuni Uzbekistan Airways samolyoti orqali 7200 dona “Sofosbuvir” dori vositasidan iborat beg‘araz yordamning sakkizinchi partiyasi Toshkentga yetkazilgan. Bu dorilar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidagi bemorlarga taqsimlanadi.

O‘zbekiston elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Misr hukumati umumiy hisobda 800 ming dona (taxminan 40 tonna) “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, “Entekavir” dori vositalarini taqdim etadi. Ularning qiymati 4,2 million dollarni tashkil etadi.

Hozirgacha mamlakatga umumiy qiymati 1461 ming dollarlik 13,4 tonna dori vositalari bosqichma-bosqich yuborilgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bir nafar bemorning 3 oylik to‘liq davolash kursi uchun 3 qadoq “Daklatasvir” va 3 qadoq “Sofosbuvir” kerak bo‘ladi. Mazkur davolash kursining Misrdagi o‘rtacha narxi 31 dollar bo‘lsa, O‘zbekistonda joriy yilga qadar 100 dollarga baholanib kelingan.

Mashhur yangiliklar