16 Dekabr 2024, 10:06 Oʻzbekiston

Samarqandda Umraga yuborish bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanib kelgan turfirma aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda Umraga yuborish bilan noqonuniy tarzda shug‘ullanib kelgan turfirma aniqlandi

10 dekabr kuni Samarqand viloyatida o‘tkazilgan maxsus tadbirda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini tashkil etib kelgan turfirmaga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida joylashgan “A. tour” turistik firmasining 2002 yilda tug‘ilgan xodimi fuqaro A.D.ga tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda “Umra” ziyoratiga yuborishini va’da qilib, boshqa fuqarolardan 3,6 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1682-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar