Toshkentning ikki tumani “svet”siz qoldi
Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari vaqtincha tarmoqdan uziladi.
Toshkentning Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida 14-dekabr kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Elektr energiyasi o‘chiriladigan manzillar:
Yunusobod tumani: “Akbarobod”, “Adolat”, “Billur”, “Qo‘shchinor”, “Mingchinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Uch qahramon”, “Barhayot”, “Sevinch”, “Yunus ota”, “O‘zbekiston Mustaqilligi”, “Ahmad Donish”, “Muruvvat”, “Xalqabog‘”, “Qadrdon”, “Shoshtepa”, “Yurtobod”, “Uvaysiy”, “Oqtepa”, “Yunusobod”, “Yo‘lariq”, “Bobodehqon”, “Kulolqorg‘on”, “Shahriston”, “Anorzor”, “G‘ayratiy”, “Otchopar-1”, “Otchopar-2”, “Islomobod”, “Hasanboy” hamda “Tiklanish” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ulug‘bek” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha.
Ushbu hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabarida qo‘shimcha qilinishicha, ko‘rsatilgan hududlarda texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, elektr energiyasida uzilishlar bo‘lmasligi ham mumkin
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda 288,2 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Toshkentda yana bir Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi Toshkentdagi ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi Toshkentda pulli “parkovka”lar operatori oʻzgardi