Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi
Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlariga bayram arafasida narxlarni nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida savdo tarmoqlari vakillari bilan yangi yil arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʻminlash yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
Idora oʻz vakolatlari doirasida ichki bozorda isteʻmol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni taʻminlash yuzasidan 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlar narxlariga taʻsir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari boʻyicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bogʻliq tizimli muammolar muhokama qilingan.
Qoʻmita talab keskin oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʻminlash boʻyicha 8 ta chakana savdo tarmogʻi — “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, b1 va “Magnit”ga koʻrsatmalar bergan.
Mazkur savdo tarmoqlari yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlar oʻzgartirilishi, logistika xarajatlari va boshqa narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar toʻgʻrisida qoʻmitani tezkor xabardor qilib borishi belgilandi. Chakana tarmoqlar yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan ogohlantirib borishi kerak.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Toshkent va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida chiqindi xizmati tariflari oshdi
Soʻnggi yangiliklar







