12 Dekabr 2024, 17:19 Oʻzbekiston

Samarqandda qiz oʻzini 8-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand shahrida 23 yoshli qiz koʻp qavatli uy derazasidan oʻzini tashlab, joniga qasd qildi.

Samarqandda qiz oʻzini 8-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

Samarqand shahrida 23 yoshli qiz koʻp qavatli uyning derazasidan oʻzini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea 11-dekabrdan 12-dekabrga oʻtar kechasi soat taxminan 23:00 larda sodir boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB navbatchilik qismi tomonidan Samarqand shahar prokuraturasiga berilgan xabar asosida hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan. Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, guvohlardan batafsil tushuntirish xatlari olingan.

Shuningdek, marhumaning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mashhur yangiliklar