Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda
Qozogʻiston prezidenti kelin o‘g‘irlaganlik uchun jazo kuchaytirilishi kerakligini aytdi.
Qozogʻiston parlamenti qonunchilikka kelin oʻgʻirlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi tuzatishlar tayyorlamoqda. Bu haqda parlament spikeri Erlan Koshanovga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Nashrning yozishicha, prezidentning Atirauda boʻlib oʻtgan Milliy qurultoy yigʻilishida bergan topshirigʻini bajarish maqsadida deputatlar qonunchilikka kelin oʻgʻirlaganlik uchun jazoni kuchaytirish boʻyicha tuzatishlar tayyorlamoqda.
15-mart kuni prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev Milliy qurultoy yigʻilishida Qozogʻistonda kelin oʻgʻirlash holatlari haqida gapirgan edi.
“Mamlakatimizda goʻyoki milliy urf-odatlarni bahona qilib, kelin oʻgʻirlash amaliyotini tatbiq etishga urinayotganlar ham borki, bunday xurofotni umuman oqlab boʻlmaydi. Bu progressiv jamiyat ideallariga, jumladan, har bir insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari mutlaq ustun turadigan jamiyatga zid keladi. Bunday faktlar nafaqat maʻnaviy qoralashni, balki huquqiy baho berishni ham talab qiladi”, degan edi prezident.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi Qozog‘istonda 4 yoshli bolaning burnidan burama mix olib tashlandi Qozog‘istondagi chegara o‘tish punktida o‘zbekistonlik haydovchi pichoqlandi