9 Dekabr 2024, 16:11 Oʻzbekiston

Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi

Surxondaryo viloyatida 18 yoshli yigit mast holatda unga kuch ishlatgan pochchasini pichoqlab o‘ldirdi.

Surxondaryoda 18 yoshli yigit pochchasini pichoqladi

Surxondaryo viloyatida 18 yoshli yigit o‘z pochchasini pichoqlab o‘ldirdi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi yigit opasi, singlisi, xolasi va pochchasi bilan birga yashab kelgan. Kunlarning birida pochcha uyga mast holatda kirib kelgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, dastlab erkak yigitni qo‘li bilan bo‘g‘gan, so‘ng yigit pochchasiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Oqibatda erkak voqea joyida vafot etgan.

Sud majlisida yigit pochchasi unga va oilasiga doimiy ravishda tazyiq o‘tkazib kelganini aytgan va aybiga qisman iqror bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida mazkur jinoyat yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi va sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mashhur yangiliklar