6 Dekabr 2024, 12:35 Oʻzbekiston

Buxoroda 23 yoshli talaba qiz yotoqxonada oʻz joniga qasd qildi

Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi sirka kislotasi ichib, oʻz joniga qasd qildi.

Buxoroda 23 yoshli talaba qiz yotoqxonada oʻz joniga qasd qildi

Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz institut yotoqxonasida sirka kislotasi ichib, oʻz joniga qasd qildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, joriy yilning 4-dekabr kuni 23 yoshli Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi J.K. institut yotoqxonasida sirka kislotasidan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan.

Talaba qiz koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, soat 23:35 larda shifoxonada vafot etgan.

Shamsutdinovga koʻra, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar