Andijonda piyoda ayolni Damas urib ketdi
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlni kesib oʻtayotgan ayolni Damas urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyat YHXB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur YTH joriy yilning 1-dekabr kuni soat 19:30 larda Paxtaobod tumani “Z.Habibiy” MFY Hunarmandlar koʻchasi hududidan oʻtgan 4R-133 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni 43 yoshli haydovchi X.N. oʻzining Damas rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, serqatnov yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyoda G.A.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida, piyoda G.A. “Bosh chanoq suyagining yopiq sinish” tashxisi bilan Paxtaobod tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijon hududida yer silkinishi qayd etildi Andijonlik 20 nafarga yaqin bola 3 ta Damas’da Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi Andijonda terrorchi guruhlarga pul yuborgan shaxs 10 yildan koʻproqqa qamaldi Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi