2 Dekabr 2024, 17:08 •Jahon
Krishtianu Ronaldu o‘z muxlisiga yutqazib qo‘ydi
Mr. Beast'ning videolavhasida ishtirok etgan Xalid ismli muxlis bu g‘alaba orqali 1 mln dollar ishlab oldi.

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashhur amerikalik bloger Mr. Beast’ning videolavhasida ishtirok etdi.
Birinchi raqamli bloggerning lavhasida 39 yoshli futbolchi tasodifiy muxlis bilan bellashdi. Ular darvozadagi mo‘ljallarga zarba berdi. Ushbu chellenjda futbolchi va “An-Nassr” klubining ashaddiy muxlisi Xalid g‘alaba qozondi va bu unga bir million dollar olib keldi.
Video “An-Nassr”ning Saudiya Arabistonidagi uy stadionida suratga olingan. Chellenj davomida Ronaldu ham muxlisini qo‘llab turdi.
Ushbu video 1 kunda 60 milliondan ortiq ko‘rildi va hozirda YouTube platformasi trendining birinchi o‘rnida bormoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Krishtianu Ronaldu islom dinini qabul qilishi mumkin Ronaldu yana bir rekordni “urdi” Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi Krishtianu Ronaldu jazoga tortilishi mumkin Ronalduning kanali YouTube rekordini yangiladi
Soʻnggi yangiliklar

Farg‘onada Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotidan so‘ng vafot etdi
21 Aprel 2025, 23:24
Toshkentda ikki kishini 40 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan xorijlik qo‘lga olindi
21 Aprel 2025, 17:29
O‘zbekistonda dollar arzonlasha boshlaydi
21 Aprel 2025, 16:19
Shavkat Mirziyoyev Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
21 Aprel 2025, 16:01
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin
21 Aprel 2025, 15:50
Toshkentda bir nechta avtomobilni urib yuborgan Gentra yoʻlovchilari qoʻlga olindi
21 Aprel 2025, 14:42
Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
21 Aprel 2025, 13:57
Toshkent aeroportida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kutib olinishi munosabati bilan bir nechta reyslar vaqti oʻzgaradi
21 Aprel 2025, 13:53