2 Dekabr 2024, 16:34 Oʻzbekiston

Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-2025 oʻyinlariga mezbonlik qilmaydi

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi.

Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-2025 oʻyinlariga mezbonlik qilmaydi

2025 yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi o‘zgardi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Osiyo Olimpiya kengashi O‘zbekiston mezbonligida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar o‘rtasidagi 3-Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Bahraynda o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bugun, 2 dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilot ijroi qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi, deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va «Toshkent-2025» Osiyo o‘yinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining bu qaroriga hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.

Yoshlar o‘rtasidagi yozgi Osiyo o‘yinlari 43 ta xorijiy mamlakatdan, kamida 9 ta sport turidan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Mashhur yangiliklar