Qo‘shiqchi Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi
Instagram’da xonanda Kanizani haqorat qilgan ikki yigitga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida 28-noyabr kuni xonanda Kanizani haqorat qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi sud ishi ko‘rib chiqilgan.
Aniqlanishicha, buxorolik 32 yoshli M.R. va farg‘onalik 28 yoshli I.M. Instagram’da Kanizani “haromi” va “jinsiy aloqa qilishdan boshqaga yaramaydi” deb haqorat qilgan.
Sud ishida huquqbuzar M.R. xonandadan uzr so‘rashini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini, oilada yagona boquvchi ekanligini inobatga olib suddan yengillik berishni iltimos qilgan. Yana bir huquqbuzar I.M. esa sud majlisiga tegishli tartibda chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramasdan kelmaganligi sababli ish uning ishtirokisiz ko‘rilgan.
Kaniza o‘z ko‘rsatmasida O‘zbekiston fuqaroviy demokratik davlat ekanligini, uning qanday ko‘rinishda kiyinishi va liboslari belgilangan davlatdagi tartibga zid emasligini aytgan. Shuningdek, uni ayrim shaxslar o‘zlarini islom davlatida yashayotgan shaxslardek qonun talablarni tushunmasdan uni muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali haqorat qilib kelishlarini ta’kidlab o‘tgan. Shu sababli suddan M.R. va I.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud ikkala huquqbuzarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41‑moddasida (haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topgan va ularga BHMning 20 baravari miqdorida — 6 million 800 ming so‘m jarima jazosi tayinlagan. Jarimani davlat foydasiga undirish belgilangan.
Jabrlanuvchiga kelgusida moddiy va ma’naviy zarar undirish masalasi yuzaga kelgan taqdirda ushbu masala yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oliy sud huzurida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima miqdori oshirilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar







