29 Noyabr 2024, 17:13 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Odam savdosida ayblanib, qidiruvga berilgan ayol Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 44 yoshli ayol Turkiyadan Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Odam savdosida ayblanib, qidiruvga berilgan ayol Turkiyada ushlandi

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 44 yoshli ayol Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Tursuntosh Qodirova Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar