29 Noyabr 2024, 16:04 Oʻzbekiston

Toshkentda mast holatda tanishini o‘ldirgan erkak qamaldi

Toshkent shahrida mast holatda do‘stini pichoqlab o‘ldirgan erkak 15 yilga qamaldi.

Toshkentda mast holatda tanishini o‘ldirgan erkak qamaldi

“Zamon” dasturida ma’lum qilinishicha, 1987 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan erkak va 1988 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan erkak “Qo‘yliq” dehqon bozorida aravakashlik bilan shug‘ullangan. Ishdan tashqarida ular birga spirtli ichimliklar iste’mol qilib turgan.

Shunday kunlarning birida ikki erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Oqibatda 37 yoshli erkak o‘tkir tig‘li jism bilan tanishining bo‘yin sohasiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga shu modda bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mashhur yangiliklar