29 Noyabr 2024, 10:15 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi.

O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ravshanbek Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ravshanbek Alimov 2020—2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan.

58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSH) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1990-yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. Keyin Prezident devoni, bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2002—2008-yillarda esa O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi va o‘rindoshlik asosida Moldovada elchi, shuningdek, Fransiyadagi va o‘rindoshlik asosida Portugaliyada elchi bo‘lib ishlagan.

Ravshanbek Alimov 2008 yildan buyon TIV tizimida. O‘tgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2020-yilda u senator etib saylandi. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov 2016—2024 yillarda O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchisi bo‘lib ishlagan Akmal Qo‘chqorov o‘rniga tayinlandi.

Mashhur yangiliklar