Rossiyadan Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun elektropoyezd keltirildi
O‘zbekistonga Toshkent atrofidagi qatnovlar uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdi keltirildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Rossiyadan Toshkentdan shahar atrofi qatnovlari uchun foydalaniladigan yangi elektropoyezd oldi. Bu haqda kompaniya raisi Zufar Narzullayev seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rossiyadan xalqqa xizmat qiladigan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga shaharlararo elektropoyezd olib kelindi. Buni ham xalqimizga xizmat qilishga qo‘yishga topshiriq berildi, dedi Zufar Narzullayev.
20-noyabr kuni Telegram`dagi “Ko dnu” kanali Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdining sinovlari haqida xabar bergandi. EP3D — Rossiya yo‘lovchi elektropoyezdlari bo‘lib, u 2016-yildan buyon Demixov mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dekabrdan boshlab Rossiyaga kirishda xorijliklar biometriyadan o‘tadi Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda