Qurilish maydonidagi daraxtlarni shikastlaganlik uchun javobgarlik belgilandi
O‘zbekistonda qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Prezident 21-noyabr kuni qonun hujjatlariga o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni imzoladi. Hujjat kuchga kirdi.
Hujjat muqaddimasida taqiqlanganiga qaramay, elektr toki, portlovchi moddalar, kimyoviy moddalar va biologik vositalar kabi usullardan foydalangan holda ovchilik va baliqchilik qilish holatlari tez-tez uchrab turayotgani qayd etilgan.
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar ov quroli, jumladan, baliq ovlash quroli bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etilmoqda.
O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi 10 oyda 15 mingdan ortiq kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortilgan Tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi