O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi bo‘ldi.
25-noyabr kuni O‘zbekistonning Chernogoriyadagi (qarorgohi Budapesht shahrida) birinchi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov mamlakat prezidenti Yakov Milatovichga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Chernogoriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, ularni yangi sifat bosqichiga olib chiqish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Yakov Milatovich ikki tomonlama munosabatlar, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy sohalardagi salohiyatni yuqori baholadi. U sayyohlik va gumanitar almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2006-yil 19-dekabr kuni o‘rnatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Italiyaning Oʻzbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili tayinlandi Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi Oʻzbekistonning Shveysariyadagi yangi elchisi tayinlandi