Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Novosibirsk va Moskva shaharlarida ota-ona qarovisiz qolgan uch nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida xalqaro kelishuvlarga muvofiq, Novosibirsk va Moskva shaharlaridan uch nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bolalar Toshkent shahri IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tomonidan qabul qilingan va Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻmagida ota-onalariga topshirilgan.
Mazkur holatda voyaga yetmagan shaxslar ota-onasining yaqin qarindoshiga ishonchnoma asosida Rossiya Federatsiyasiga borgan, ammo ishonchnoma Rossiya hududida yuridik kuchga ega emasligi sababli voyaga yetmagan fuqarolar ota-onasi qarovisiz qolgan deb eʻtirof etilgan.
Taʻkidlanishicha, olib kelingan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlar ularning yashash manziliga yaqin boʻlgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
Oʻz oʻrnida, ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz chet el davlatiga joʻnatmaslikni, dastlab, ushbu davlatning qonunchiligini batafsil oʻrganish kerakligini eslatib oʻtamiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xitoyda qiyin vaziyatda qolgan 40 nafarga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi Turkiyadagi mehmonxonada zo‘rlik bilan ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi Isroil ravvin Zvi Koganning oʻlimida Oʻzbekiston fuqarolarini ayblamoqda