27 Noyabr 2024, 11:38 Oʻzbekiston

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs ushlandi

Terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 17 yoshli yigit va uning 16 nafar tanishi qo‘lga olindi.

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qoʻshilmoqchi boʻlgan 17 nafar shaxs ushlandi

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan K.I. internet tarmogʻida ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushishi oqibatida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy yigʻilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilishni rejalashtirgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mashhur yangiliklar