23 Noyabr 2024, 18:44 •Oʻzbekiston
Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
Prezident qarori bilan nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinmoqda.
“Taʻlim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari:
- barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;
- unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlarga bojxona toʻlovlari toʻlamaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
- zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
- kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
- oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- nodavlat taʻlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchi kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
- davlat va nodavlat taʻlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHM 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi xususiy maktabda ikki oʻqituvchi 9-sinf oʻquvchisini kaltakladi Maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22