Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
Qirg‘izistonda kelgusi yil 1-iyuldan elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishga taqiq joriy etiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2025-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar qildi Qirg‘iziston yetakchisi matbuot xizmati.
Sadir Japarov “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi Qirg‘iziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deyiladi xabarda.
Xususan, Qirg‘izistonda kelgusi yil 1-iyuldan elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishga taqiq joriy etiladi.
Qonunga ko‘ra, elektron sigaretlardan foydalanish jismoniy shaxslar uchun 10 ming som (115 dollar), yuridik shaxslar uchun 60 ming som (690 dollar) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Elektron sigaretlar sotganlik uchun jarima 20 ming som (230 dollar), yuridik shaxslar uchun 65 ming som (750 dollar)ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, qonunda elektron sigaretlarni noqonuniy olib kirganlik uchun axloq tuzatish ishlari yoki 100−120 ming som (1380 dollargacha) miqdorida jarima nazarda tutilmoqda. Elektron sigaretlar ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda olib kirilgan taqdirda, 200 ming somgacha (2300 dollar) jarima yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni 2:3 hisobida mag‘lub etdi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi Qirgʻiziston “Tolibon”ni terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqardi