23 Noyabr 2024, 14:30 Oʻzbekiston

Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Zangiota va Uchtepa tumanlarida pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati va Toshkent shahrining hududiy boʻlimlari tomonidan pirotexnika buyumlari sovdosiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan Zangiota tumanidagi holatda fuqarolar M.B va S.K. oʻzaro til biriktirib, pirotexnika buyumlarini oʻtkazish orqali noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.A.ga jami 2 400 quti “Miki maus”, 56 dona “7 Shots” nomli hamda 13 dona “Koralevskiy salyut” nomli pirotexnika buyumlarini 3,22 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Fayzabod” MFY hududidan oʻtuvchi Toshkent xalqa yoʻlida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar X.O., F.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 108 dona “7 Shots” nomli pirotexnika buyumlarini oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar