Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
Uzbekistan Airports frontlayn personallarni imo-ishora tiliga o‘qitish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi o‘zining ijtimoiy siyosati doirasida ilk bor sakkiz nafar eshitishida nogironligi bor kishini ish bilan ta’minladi. Ular “Toshkent” aeroportida faoliyat yurituvchi Uzbekistan Airports Handling ekspeditorlik kompaniyasining aeroport terminali xizmatiga yuk aravachasi operatori sifatida ishga qabul qilindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva va Aviatsiya ishchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ulug‘bek Nazirov ishtirokida yangi xodimlarni ishga qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ularga kasaba uyushma a’zosi guvohnomalari topshirildi.
O‘zbekiston aeroportlari va Karlar jamiyati vakillari frontlayn personallarni (yo‘lovchilar bilan bevosita ishlovchi xodimlar), jumladan, yo‘lovchi tashish xizmati xodimlari va axborotni qo‘llab-quvvatlash agentlarini imo-ishora tiliga o‘qitishga kelishib oldi.
Bu kompaniya uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay muhit yaratish bo‘yicha muhim tashabbusdir, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Toshkent mahalliy aeroporti orqali amalga oshiriladigan ayrim reyslar xalqaro terminalga oʻtkaziladi O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi Windowsʼdagi texnik muammolar O‘zbekistondagi aeroportlar faoliyatiga taʼsir qilmadi — Uzbekistan Airports