20 Noyabr 2024, 11:57 Oʻzbekiston

Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “O.A.” fermer xo‘jaligi rahbari X.O. 1 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.

Natijada jami 932 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar