Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi
Oldindan toʻlangan aliment sabab undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi.
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida aliment uchun 2 800 AQSH dollari berildi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining 2009-yil 29-iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi M.T.foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish koʻrsatilgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi boʻyicha qarzdor A.A. tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy toʻliq toʻlab kelingan.
Qarzdor A.A. farzandi kelgusi yilda voyaga yetishini maʼlum qilib, aliment pullarini oldindan toʻlash niyatini bildirgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor A.A. aliment uchun oldindan toʻlov sifatida olib kelgan 2 800 dollar undiruvchi M.T.ga topshirilgan.
Oldindan toʻlangan aliment sabab undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi, deyiladi MIB xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi