JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi
Qiyin kechgan oʻyindagi yagona va gʻalaba goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
Bugun, 19-noyabr kuni Laosda futbol boʻyicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 6-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va KXDR uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bahsning birinchi boʻlimida koreyaliklar toʻliq ustunlikka erishdi. Biroq 44-daqiqaga kelib Abbosbek Fayzullayev jarima maydoni tashqarisidan ajoyib gol urib raqib jamoaning shashtini biroz pasaytirdi.
Uchrashuvning 80-daqiqasida Umar Eshmurodov jarima maydonida toʻpni qoʻli bilan oʻynadi va hakam penalti belgiladi. VARʻni koʻrgan hakam oʻzbekistonlik himoyachiga qizil kartochka koʻrsatdi.
Koreyaliklar foydasiga belgilangan penaltisini Oʻtkir Yusupov toʻp yoʻnalishini toʻgʻri topdi va “katta xavf”ning oldini oldi.
Shu tariqa Abbosbek Fayzullayevning goli oʻyindagi yagonaligini saqlab qoldi. Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻz hisobidagi ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va A guruhida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi Abbosbek Fayzullayevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi