Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Senat raisining birinchi o‘rinbosari va Senat raisi o‘rinbosari ham o‘z hlavozimlarini saqlab qoldi.
Oliy Majlis Senatining yangi chaqiriqdagi ilk majlisida Senat raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli yaxshilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.
Ko‘rsatilgan nomzodlar senatorlar tomonidan saylandi. Shavkat Mirziyoyev ularni tabriklab, kelgusi faoliyatiga yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda deputatlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi O‘zbekistonda propiskaga qo‘yish bo‘yicha yagona tartib joriy etiladi O‘zbekistonda aholini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini joriy etiladi