“Hizbulloh” Isroil poytaxtiga raketa hujumi uyushtirdi
Hujum oqibatida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi.
18-noyabr kuni Tel-Aviv yaqinida besh kishi “Hizbulloh”ning raketa zarbasi oqibatida jarohatlandi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.
Tez yordam xizmatining ma’lum qilishicha, jabrlanganlardan biri, 54 yoshli ayolning ahvoli og‘ir. Yana bir kishi o‘rtacha og‘irlikda va uch kishi yengil tan jarohati olgan.
Isroil mudofaa armiyasi Livan hududidan otilgan raketa havo hujumidan mudofaa vositalari orqali to‘xtatilganini ma’lum qildi. Biroq uning parchalari Tel-Avivning ikki chekkasi — Ramat-Gana va Bney-Brak chegarasiga tushgan.
Isroilning N12 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Ramat-Ganda elektr uzatish liniyasida yong‘in boshlangan, ko‘chada yo‘lovchi bo‘lmagan avtobusga zarar yetgan. Havo trevogasi markazdan tashqari shimolda, Xayfa hududida ham yangragan.
Isroil markaziga zarba berishdan biroz oldin “Hizbulloh” mamlakat shimoliga ham o‘q uzgan. Shfaram shahrida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, voqea joyida binoning 20 dan ortiq aholisiga turli sharoitlarda yordam ko‘rsatilgani aytiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Eron havo hududi yopilgani sabab bir qancha aviareyslar yo‘nalishini o‘zgartirdi Isroil Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumlarini uyushtirdi HAMAS’ning yangi rahbari Yahyo Sinvar ham o‘ldirildi Tel-Aviv – Samarqand – Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi Isroildagi o‘zbekistonliklar shoshilinch ogohlantirildi