18-noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
“O‘zgidromet” 18-noyabr, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Ustyurtda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq. Ustyurtda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
20-noyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi maʼlum qilindi 16-noyabr kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi O‘zbekistonda dam olish kunlari havo nisbatan iliq bo‘ladi 15-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi O‘zbekistonda 14-noyabrda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi