16 Noyabr 2024, 12:35 Oʻzbekiston

Toshkentda Malibu-2 yo‘l o‘rtasidagi temir ustunga urildi

YTH oqibatida jabrlangan haydovchi va yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkentda Malibu-2 yo‘l o‘rtasidagi temir ustunga urildi

Toshkent shahrida Malibu-2 qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga urildi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

2024-yilning 16-noyabr kuni soat 00:10 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi 50-uy qarshisida, haydovchi 2004-yilda tug‘ilgan Sh.M. Malibu-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi va 2004-yilda tug‘ilgan yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar