16 Noyabr 2024, 09:01 Oʻzbekiston

Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi

Muzrabot tumanida rask sabab opasini urib o‘ldirgan yigitga hukm o‘qildi.

Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani uchun opasini o‘ldirgan 16 yoshli o‘smirga hukm o‘qildi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Jinoyat avgust oyida sodir etilgan, 18 yoshli F.J. tayoq va metall buyumlardan zarba qabul qilib, olgan jarohati oqibatida vafot etgandi.

O‘smir onasining to‘xtatishga urinishlariga qaramay, opasini tayoq sinib ketgunigacha urganini tan oldi. Xabarda ta’kidlanishicha, ayblanuvchi jinoyatni rashk tufayli sodir etgan.

A.J. aybini bo‘yniga olib, pushaymon bo‘ldi, deyiladi xabarda. Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topdi va jazoni axloq tuzatish koloniyasida o‘tash bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Mashhur yangiliklar