15 Noyabr 2024, 17:31 Oʻzbekiston

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

Ravshan Raimov Yangiyo‘l shahri hokimi etib tayinlandi.

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

2023-yilning avgust oyidan beri Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Ravshan Isakdjanovich Raimov egalladi.

Mazkur tayinlov Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Ravshan Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020−2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

 

Mashhur yangiliklar