Toshkentda 199 mln so‘mlik dorilarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Yunusobod tumanida 199 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 199 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
Departament va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 10 ming quti Levomer 500ig (levofloksatsin) antibiotikini 199 million so‘mga sotishga urinishning oldi olindi.
Xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarida ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar bo‘lmagan, deyiladi xabarda.
Fuqaro N.K. va boshqalar M.X.ga dori vositalarini 13 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186−3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda qoida buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi Toshkentda ekskavator sabab ayrim hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatildi Toshkentda Spark va Captiva o‘zaro to‘qnashdi Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 339 mln so‘mlik energiya resurslaridan noquniy foydalanildi