Braziliyada erkak Oliy sud binosi yaqinida o‘zini portlatdi
Portlash sodir bo‘lgan hududda ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati muassasalari joylashgan.
Braziliyada poytaxtidagi Oliy sud binosi yaqinida 13-noyabr kuni erkak o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 daqiqalik interval bilan jami ikkita portlash kuzatilgan. Birinchisi mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da sodir bo‘lgan. Dastlabki portlash bino yonidagi avtoturargohda turgan mashinada yuz bergan.
Keyin bir kishi Oliy sud binosiga kirishga uringan, biroq kira olmagan va ikkinchi portlash sodir bo‘lgan, dedi Federal okrug gubernatori o‘rinbosari Selina Leao.
Oqibatda erkak vafot etgan. Portlash sodir bo‘lgan hududda ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati muassasalari joylashgan. Senatda o‘sha paytda yalpi majlis bo‘lib o‘tgan, keyinroq u to‘xtatilgan.
Marhumning shaxsi Fransisko Vanderli Luis ekani ma’lum. 59 yoshli erkak 2020-yilda o‘zi yashagan Rio-du-Sul shahrida Liberal partiyaning shahar kengashi deputatligiga nomzod bo‘lgan. U voqea sodir etishidan oldin WhatsApp’da portlash rejasini batafsil bayon qilgan va politsiyani 72 soat vaqti borligidan ogohlantirgan.
Birinchi portlash sodir bo‘lgan avtoturargohdagi mashina ham Luisga tegishli, dedi Leao.
U ortlashlar yolg‘iz shaxs tomonidan amalga oshirilgani, guruh tomonidan rejalashtirilgan terakt emasligini bildirdi.
Braziliyadagi portlashlar yirik xalqaro tadbir — 18-19 noyabr kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G-20 sammitidan besh kun oldin sodir bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 6 oyda 3,8 ming kishi korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan Braziliyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 62 kishi halok bo‘ldi O‘zbekistonda olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi O‘zbekistonda 6 oyda qancha fuqaro ozodlikdan mahrum qilingani ochiqlandi