13 Noyabr 2024, 15:48 Oʻzbekiston

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi

Qonun Prezident administratsiyasidan tortib tuman hokimligigacha tatbiq etiladi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Ma’lumki, “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonun:

  • davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
  • davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
  • davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Davlat rahbarining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.

Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.

Mashhur yangiliklar