Surxondaryoda mashinada 50 kilodan ortiq narkotik modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda O‘zbekistonga Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan qariyb 65 kilo gashish musodara qilindi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro Cobalt avtomashinasida Uzun tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kilogramm 567 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida u giyohvandlik vositasini tojikistonlik narkosavdogarlardan olgani aniqlangan.
Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kilo 929 gramm gashish moddasini qabul qilib olib, yo‘lovchi avtomashinada doimiy yashash manziliga qaytib kelayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan Farg‘ona shahrida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositasini qayta sotib, mo‘may daromad topishni maqsad qilgan.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand—Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan Spark Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirilganda, unda ketayotgan Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 va 1995-yillarda tug‘ilgan uch kishi hamda Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-suu shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan ushbu davlat fuqarosidan 4 kilo 727 gramm gashish moddasi olingan.
Aniqlanishicha, ular mazkur giyohvandlik vositasini tojikistonlik shaxsdan Urgut tumaniga keltirib berish sharti bilan sotib olgan va uni qoldirib ketilgan xufiya joydan olib, ortga qaytayotgan bo‘lgan.
Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi, 1981, 1982, 1991, 1992-yillarda tug‘ilgan 4 nafar fuqaro Qirg‘izistondagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kilo 634 gramm gashishni Andijon tumanida 53 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ulardan 3 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi