Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi.
DXX va Bosh prokuratura departamenti tezkor tadbirida “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, u tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisidan 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan bo‘shatilmasligi evaziga 1000 dollar olgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga ETKning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Toshkentda qalbaki 9 ming dollarlarni sotayotganlar ushlandi