Rossiyada migrantlar uy ijaraga olishi qiyinlashadi
Rossiyada migrantlarga uy-joy shartnoma asosida va maksimal bir yilga berish taklif etildi.
Tegishli qonun loyihasi Rossiya Liberal demokratik partiyasi (LDPR) tomonidan hukumatga yuborildi. Bu haqda Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari, LDPR rahbari Leonid Slutskiy ma’lum qildi.
Elementar qoidalarga rioya qilmaydigan xorijlik ijarachilar bilan qo‘shnichilik mamlakatimizning tub aholisi uchun haqiqiy muammoga aylandi. Shovqin, chiqindi, mushtlashuvlar, olomon — real vaziyat shunday ko‘rinadi.
Odamlar farzandlari va o‘zlari uchun xavotirga tushmoqda. Bunday xonadonlarning egalarini topish nihoyatda qiyin, politsiyani chaqirish esa migrantlarning tajovuzkorligini yanada kuchaytiradi. Qabulxonamizga shunday minglab murojaatlar kelib tushmoqda!
LDPR fraksiyasi nomidan hukumatga migrantlarga uy-joy faqat shartnoma asosida taqdim etishni majburiy qiladigan va ijara muddatini bir yil bilan cheklaydigan qonun loyihalari paketi yuborildi, dedi Slutskiy.
Uning ta’kidlashicha, Moskvadagi arzon uy-joylarning 85 foizida migrantlar yashaydi.
Qonunbuzar muhojirlarni ham, “rezina” kvartiralar paydo bo‘lishiga ko‘maklashsa, uy egalarini ham jazolash lozim, deya ta’kidladi deputat.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada o‘zbekistonlik erkak balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda YouTube Rossiyada cheklovlarsiz ishlay boshladi Buxoro amirligi davriga oid tangalar xorijga olib chiqilishining oldi olindi