O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Oybek Eshonov Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Oybek Eshonov Indoneziya prezidenti Subianto Prabovoga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimning rasmiy qismidan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqacha suhbatda davlat rahbari Indoneziya O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Indoneziya prezidenti, shuningdek, mamlakat hukumatining rasmiy Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda shuningdek, turizm yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan zaxiralar va foydalanilmagan salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘nggida prezident Subianto Prabovo O‘zbekiston prezidentiga samimiy tilaklarni yetkazishni so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi O‘zbekistonda XMTning yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi