Yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“O‘zgidromet” 11-13 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 12 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja; 13 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 12 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 13 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 12 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 13 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja; 12 noyabrda kechasi 4-9 daraja, kunduzi 14-19 daraja; 13 noyabrda kechasi 4-9 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 12 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja; 13 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12 noyabrda kechasi 2 daraja sovuq va 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 13 noyabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq / 3 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 14-noyabrda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi 13-noyabr kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi 12-noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin Hafta davomida havo harorati sovib boradi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi