Toshkentda fuqaroni Yaponiyaga ishga jo‘natish evaziga 7,4 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent va Samarqandda fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Yashnobod tumanida fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 7 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Samarqand shahrida fuqaro A.Q. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polshaga ishga yuborishi evaziga jami 10 700 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida 339 mln so‘mlik energiya resurslaridan noquniy foydalanildi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi Toshkentdagi yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi