Samarqandda bir oilaning 4 a’zosi botulizmdan zaharlandi
Oilaning kenja farzandi vafot etgan, uning o‘lim sababi turlicha talqin qilinmoqda.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi bir oilaning to‘rt nafar a’zosi botulizmdan zaharlangan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, hodisa 2024 yil 1 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Past Darg‘om tumani Mang‘itobod mahallasida yashovchi oilaning to‘rt nafar a’zosi – er-xotin va ikki bola uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilgan va ularning sog‘ligi yomonlashgan.
Shundan so‘ng ular shifoxonaga yotqizilgan va tekshiruvlarda botulizmdan zaharlanishgani aniqlangan. Shifoxonada oilaning kenja farzandi vafot etgan.
Lavhada Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori bola boshqa kasallikdan vafot etganini aytgan.
Bolaning onasi ham u o‘sha kuni konserva mahsuloti yemaganini, unda sudurgi kasalligi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Tuman SES xodimi esa bola ham zaharlanishdan vafot etgani va yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari unga tashxis qo‘yishda adashganini ta’kidlamoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent – Samarqand yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temiryo‘lini qurish boshlandi Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi Samarqandda 19 yoshli qiz tanishini kaltakladi Qashqadaryoda ota uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi