Markaziy bank 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
Markaziy bank oktyabr oyida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 16 ta masala ko‘rilgan. Shuningdek:
- kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta);
- mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (1 ta);
- mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatiga olish (3 ta);
- tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqishga doir (8 ta) masalalar ko‘rildi.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Shuningdek, 2 ta to‘lov tashkiloti va 2 ta to‘lov tizimi operatori tomonidan to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi hamda 4 ta tijorat bankida xavfsizlikni taʼminlash va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Vengriya Alisher Usmonov va singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi
Soʻnggi yangiliklar







