8 Noyabr 2024, 15:20 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi
“O‘zgidromet”ga ko‘ra, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Kunduz kunlari havo harorati 8-13 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 darajagacha iliq, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Toshkentda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 10-13 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24