7 Noyabr 2024, 17:40 •Oʻzbekiston
Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
2025 yil 1 yanvardan boshlab davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati hamda ushbu ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi tasdiqlandi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:
- jismoniy shaxslar tomonidan ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash joylarida yoki
- tutqunlikda saqlash;
- davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish.
Ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘larida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22