Husanov Fransiya chempionatida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi
O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi.
Abduqodir muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.
Husanov mukofotni yutish uchun nomzodlar safida Jonatan Rou (“Marsel”) va Malik Fofana (“Lion”) ham bor edi. Abduqodir so‘rovnomada 47% ovoz oldi. Rou va Fofana esa mos ravishda 28% va 25% ovoz to’plashdi.
Oktyabr oyida 20 yoshli futbolchi “Lans” safida barcha 3 o‘yinda to‘liq harakat qildi va Sofascore talqiniga ko‘ra o‘yinlarda o‘rtacha 7 ball oldi. Joriy mavsumda Abduqodir klub safida 11 o‘yinda qatnashdi.
Avvalroq Abduqodirga APLning bir nechta klublari, xususan “Chelsi”, “Nyukasl” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, yosh himoyachi Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar orasida dunyoning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga daʼvogar bo‘lgan 25 futbolchi ro‘yxatiga kiritildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abduqodir Husanov qo‘polligi uchun 2 ta o‘yinga chetlatildi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlik qilmoqda “Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimi bilan mushtlashdi